Terrorizm hamda diniy ekstremizm yoshlar hayotiga tahdid.

Malumki yoshlar mamlakatimizning ertangi kuni ya’ni taraqqiyoti uchun ulkan hissa qo’shadilar. Bugungi kun yoshlari ertangi kunimiz garovidir. Zero, mamlakatimizda yoshlarimiz ilm olishlari uchun ulkan imkoniyatlar yaratilgan. Mamlakatimiz yoshlari tinch, osoyishta yurtimizda keng, yorug’ va qulay shartsharoitlarga ega o’quv muassalarida ilm olmoqdalar. Gullarga burkangan go’zal va obod ko’chalarimizda bemalol sayrga chiqmoqdalar, tinchlik nashidasi ufurib turgan havomizdan hotirjam nafas olmoqdalar. Lekin ming afsuski guruch kurmaksiz bo’lmagani kabi terrorizm, diniy ekstremizm balosi bugungi kun yoshlari hayotiga ulkan havf solmoqda. Barchani tashvishga solib kelayotgan terrorizm, diniy ekstremizm o’zi nima? U yoshlarimiz hayotiga qanday kirib kelmoqda?
Terrorizm atamasi lotincha «terror» so’zidan olingan bo’lib qo’rqinch, daxshat deb tarjima qilinadi. Terrorizm-bu siyosiy raqiblarni, muholiflarni yo’qotish yoki qo’rqitish, aholi o’rtasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zo’ravonlik harakatlaridir.
Terrorizm o’rta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab turgan. Lekin o’tgan asrning oxirlaridan uning yangi ko’rinishlari vujudga keldi. Xalqaro terrorizm keng tarqalib, terrorizm oshkora siyosiy tus ola boshladi. Terrorchilar ayrim mamlakatlar hukumati va unga yaqin tuzilmalardan madad oladigan hollаr yuzaga keldi. Ular tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning ijtimoiy havflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qo’liga yadroviy, kimyoviy, biologik qurol tushib qolishi xavfi kuchaydi, electron terrorchilik paydo bo’ldi. Ko’p hollarda terrorizm diniy ekstremizm, narkobiznes, separatism bilan bog’liqligi chatishib ketishi kuzatila boshladi.
Diniy ekstremistik oqimlarning jamiyatimiz barqarorligiga tahdidi respublikamizdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirib, dinlararo va millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish, fuqarolarni ayniqsa yoshlarni qurolli to’qnashuvlar ro’y berayotgan hududlarda faoliyat yuritayotgan terroristic guruhlarga jalb qilish kabi harakatlarda, shuningdek mamlakatimizda terrorchilik harakatlari sodir etish uchun suqilib kirishga urinishlarda namoyon bo’lmoqda.
Ayniqsa, kommunikatsiya hamda information texnologiyalarning jadal rivojlanishi oqibatida ayrim ma’naviy bo’shliq hosil qilgan yoshlarimiz ongiga g’oyaviy ta’sir o’tkazishga keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda. G’oyaviy ta’sir doirasiga tushib qolgan yoshlarimiz hattoki o’z yurtiga qurol o’qtalishdan ham qaytishmayapti.
Ma’lumotlarga ko’ra, bugun dunyoda 500ga yaqin terrorchilik tashkilotlari faoliyat ko’rsatmoqda. Ularning 80 foizi islom niqobi ostida faoliyat yuritadi.Ular qatoriga “ISHID (Iroq va Shom islom davlati)”, Jabha an-Nusra”, “Ansaru ash-Sham” (Suriya), “al-Qoida”, “al-Jihod al-Islomiy”, “at-Takfirva-l-Hijra” (Misr), “Abu Sayyaf” (Filippin), “OzodAchex”, “Lashkari jihod” (Indoneziya), “Qurolli islomiy harakat”(Jazoir),”Bokoharam” (Nigeriya), “Islom jihodi uyushmasi”, ”O’zbekiston islomiy harakati”, “Tolibon” (Afg’oniston, Pokiston) kabi tashkilotlarni kiritish mumkin.
Siyosiy hokimiyatga intilayotgan, diniy shiorlarni niqob qilib olgan aqidaparast oqimlar Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga salbiy ta’sir o’tkazishga harakat qilmoqda. So’nggi yillarda “jihodchilar”, soxta “salafiylar” kabi diniy siyosiy guruhlar, shuningdek “hizbut-tahrir” diniy ekstremistik guruhi respublikamizda faol harakat qilishga urinmoqdalar.
Oxirgi paytlarda ushbu oqimlar yoshlar ongiga ta’sir qilish faoliyatini kengaytirishni ayniqsa xorijiy mamlakatlardagi mehnat migrantlarini ta’sir doirasiga olmoqda. Shuningdek, internet orqali targ’ibot o’tkazish, oila a’zolari, yaqinlari, qo’shnilarini o’z guruhiga tortish, yashirin hujralar tashkil etish, diniy ekstremistik mazmundagi materiallarni bosma va electron ko’rinishida tarqatish kabi usullarda o’zlarini jirkanch terroristic harakatlarini amalgam oshirib xalqimizning sodda, hali ota-onasi, oilasi mehriga to’ymagan yoshlarimizni ongini zaharlab o’zga yurtlarda sargardon bo’lishga majbur etishmoqda.
Mutaxassislarning fikricha hozirda 100 mingdan ziyod ekstremizmning turli ko’rinishlarini o’zida tashuvchi g’oyalar targ’iboti bilan shugullanuvchi saytlar faoliyat olib bormoqda. Internet orqali suhbat olib boorish jarayonida yoshlarga kufr diyori, hijrat, jihod, shahidlik, halifalikni tiklash kabi g’oyalar singdirilib ular turli to’qnashuv va nizo o’choqlariga jalb qilinmoqda.
Afsuski, bizning yurtimizdan ham ayrim yoshlar Suriya, Iroq kabi yurtlarda diniy ekstremistik oqimga a’zo aqidaparastlar domiga tushib ketib qolmoqdalar. Eng daxshatlisi ular o’z yurtiga, ota-onasiga o’z vatandoshlariga qurol o’qtalib vatanfurushlik qilmoqdalar.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasida “Terrorizmga qarshi kurash to’g’rida”gi 2000-yil 15-dekabrda maxsus qonun qabul qilingan.Ushbu qonunda ko’plab masalalar huquqiy asoslab berilgan.
Shuningdek O’zbekiston BMTning terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashga qaratilgan asosiy 13 ta hujjatini ratifikatsiya qilgan. BMT Xavfsizligi kengashi Aksilterroristik qo’mitasi tomonidan O’zbekistonning terrorizmga qarshi kurashdagi xalqaro hamkorligi yuksak baholandi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatida “uchyovuzkuch”, ya’ni “terrorchilik”, “ayirmachilik” (Separatizm) va “ekstremizm”ga qarshi kurashda hamkorlikni rivojlantirish alohida o’rin tutadi. 2004- yildan beri ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi faoliyat yuritmoqda.
Ayniqsa, O’zbekiston AQSH, Rossiya, Xitoy, Markaziy Osiyo Respublikalari kabi qator mamlakatlar bilan xalqaro terrorizmga qarshi kurashda samarali hamkorlikka erishmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasidagi nutqlarida ta’kidlaganlaridek: “Qadimiy madaniyat sivilizatsiyalar chorrahasi bo’lgan yurtimiz zaminidan O’rta asrlarda minglab olimu ulamolar, buyuk mutafakkir shoirlar aziz avliyolar yetishib chiqqan. Ularning aniq fanlar va diniy ilmlar sohasida qoldirgan bebaho merosi, butun insoniyat ma’naviy mulki hisoblanadi.
….Ana shunday bebaho boylikka, minglab bilimdon ulamolar, faol ziyolilarga ega bo’lgan, bu sohada katta tashabbuslar bilan chiqayotgan xalq va davlat sifatida yurtimizdan qandaydir aqidaparast, diniy oqimlarga berilgan kimsalarning chiqishi bizga yarashmaydi”.
Darhaqiqat, biz buyuk o’tmishiga ega xalqmiz, kelajagimiz ham albatta buyuk bo’lishi kerak. Buning uchun muhtaram prezidentimiz ta’kidlaganlaridek ota-bobolarimiz bizga qoldirib ketgan mo’tabar kitoblarni o’rganishimiz maqsadida mamlakatimiz ma’naviy hayotida ko’plab loyihalar amalgam oshirilmoqda.
Diniy ekstremizm va terrorizm yoshlar hayotiga tahdid solar ekan biz yoshlarimizni bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazishlari uchun barchamiz mas’uldirmiz zero, KUCH BIRLIKDADIR!
Yoshlar ittifoqi faoli N.Tangrieva