BIZ OMMAVIY MADANIYATGA QARSHIMIZ

BIZ OMMAVIY MADANIYATGA QARSHIMIZ
Helloven- bu AQSh va shimoliy Irlandiyada 31- oktabrdan, 1- noyabrga o’tar kechasi o’liklar xudosiga qurbonlik bag’ishlanadigan kun sifatida ajnabiylar nishonlashgan.
Yuzlariga turli xil qo’rqinchli niqoblarni kiyib yarim kechasi oddiy odamlarni qo’rqitib ularni joniga qasd qilishgan. O’yin-kulgu qilishib, o’z xudolariga “biz sen taraf”, “biz sening qulingmiz” deya hamd qilishadi.
Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan texnika zamonida ommaviy axborot vositalariga talab yuqori. Jumaladan, internet tarmog’i orqali millionlab har xil matreallar tarqatiladi. Ular ichida bizning milliy mentalitetimizga yod g’oyalar, ommaviy xurujlar talaygina. Ana shunday vayronkor g’oyalardan biri bu Hellovendir.
Yuqorida ko’rsatilgan sanada bizning ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarimizdan biri o’z yaqinlarini ushbu kun bilan tabriklashlari va mana bunday ko’ri nishdagi foto rasmlarni yo’llashlari bu nimadan dalolat berishlari mumkin? Bayramning ramzi hisoblangan qora va olov ranglar mangu zulmat, jaholat ma’nolarini anglatadi. Qanday qilib birovning o’limiga zomin bo’lib bayram qilish mumkin?
Ota-bobolarimizdan qolgan yuksak madaniyatimiz, urf-odat, an-analarimiz qayerda-yu, Hellovon kabi buzg’unchi g’oyalar qayoqda?
Muhtaram birinchi Prezidentimizning “YUKSAK MA’NAVIYAT YENGILMAS KUCH” asarida keltirilgandek “ Lo’nda qilib aytadigan bo’lsak, bunday mafkuraviy xurujlar milliy va diniy tomirlarimizga bolta urish, ulardan bizni butunlay uzib tashlashdek yovuz maqsadlarni ko’zlashini, o’ylaymanki yurtimizda yashaydigan sog’lom fikrli har bir odam tushunadi”. Darvoqe “Fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko’ra muhim ahamiyat kasb etadi”, bu gaplarni barchamiz o’zga shior qilib olmog’imiz darkor.
Xulosa o’rnida bo’lar-bo’lmas chetdan kirib kelayotgan mafkuralar qurboniga aylanmasdan, har bir voqea-hodisadan to’g’ri xulosa chiqarib, uning mazmun mohiyatiga yetishimiz kerak.
Endi o’zingizga savol berib ko’ringchi Hellovenni nishonlay olasizmi?

Shodiyor Ergashov