YUMOR VA SATIRADA GAP KO’P

Taniqli o’zbek adibi Said Ahmadning satirik va yumaristik ruhda yozilgan “Sobiq”, “Qoplon”, “Kelinlar qo’zg’oloni” va shu kabi asarlarni o’qimagan yoki “Kelinlar qo’zg’oloni” pyesasi asosida ishlangan kinofilmni ko’rmaganlar oramizda topilmasa kerak. Yuqorida keltirilgan asarlarda jamiyatda yuz berayotgan qusurlar va odamlar ruhidagi chirkin hislar ustidan holisona kuladi. Birgina “Sobiq” hikoyasida, yozuvchi achchiq, alamli kulgudan ko’ra hajviy, sof yumaristik yo’nalishni ustun qo’yadi. Bu hikoyada haddan tashqari dabdababozlik qattiq qoralanishi yaqqol ko’zga tashlanadi. Shu o’rinda “yumor” so’ziga ta’rif beradigan bo’lsak “inglizcha”, “namlik, suyuqlik” ma’nolarini anglatadi va qaysi davrda bo’lmasin o’sha davr muammolari ustidan yengilgina kulgu va hazil bilan tanqid ostiga oladi. “Satira” esa “yunoncha” “turli, aralash” ma’nolarini anglatadi. Keng ma’noda esa hayotning ma’lum tomonidan yo ayrim guruh va shaxslarning yaramas salbiy xislatlaridan achchiq kulib, uni tanqidiy tasvirlab yozilgan hajviy asar. Faqatgina kulish yoki tanqid ostiga olish emas balki mavjud muammoni chin dildan bartaraf qilish istagi yotadi.
Satirik yo’nalishida yozilgan “Qoplon” hikoyasida esa kishilardagi laganbardorlik, hushomadgo’ylik odamlarga egallab turgan mansabiga qarab muomala qilish, o’z manfaatini o’ylash kabi illatlarni Qurbonboy obrazi orqali mahorat bilan tasvirlagan. Shuningdek asar sujeti davomida guvoh bo’lasizki o’zini haqiqiy sofdil, samimiy odamdek ko’rsatishga urinishi, sobiq direktor Tillayev unga yordam qo’lini cho’zmoqchi bo’lganida xizmatchining rad javobini berishi uni naqadar mug’ombir ekanligidan dalolat beradi. Asar so’ngida Tillayevni ishdan bo’shashi bilan Qurbonboy o’zi olib kelgan Qoplon laqabli itini olib ketib, yangi direktorning hovlisiga bog’lashi va buni Tillayevning o’zi ko’rishi va aytgan quydagi jumlasi “men bu itni taniyman” jamiyatni ogohlikka chorlaydi. Darvoqe sizlar uchun eng mashhur asarlarning sanoqlilarinigina ilindik, yana bunday mushohadaga sabab bo’luvchi asarlar talaygina. Bu kabi asarlar kuldiradi, tanqid qiladi, ogohlikka chorlaydi xullas satirada ham, yumorda ham gap ko’p.
Shodiyor Ergashov