“Kamalak bilimdonlari” Respublika ko‘rik tanlovining tuman bosqichi

“Kamalak bilimdonlari” Respublika ko‘rik tanlovining tuman bosqichi

Muborak tuman 11-son Bolalar musiqa va san’at maktabi faollar zalida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Muborak tuman Kengashi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-7 sinf o‘quvchi yoshlari o‘rtasida “Kamalak bilimdonlari” Respublika ko‘rik tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Ushbu tanlovda xududiy bosqichlardan g‘olib bo‘lgan 1 umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Kamalak bilag‘onlari”, 5 umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Kelajak”, 9 umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Buyuklar avlodi”, 21 umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Kamalak jilvalari”, 29 umumiy o‘rta ta’lim maktabining “So‘nmas Kamalak” jamoalari ishtirok etdi. Ko‘rik tanlov ishtirokchilari o‘zlarining tayyorgarligi yuqori darajada ekanligini isbotlay oldilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan ko‘rik tanlovda 1 umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Kamalak bilag‘onlari” jamoasi 1-o‘rinni, 21 umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Kamalak jilvalari” jamoasi 2-o‘rinni, 9 umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Buyuklar avlodi” jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ko‘rik tanlovda faol ishtirok etgan jamoalar hamda g‘olib jamoalar “Kamolot” YoIH Muborak tuman Kengashining faxriy yorliq va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tanlovda 100 nafar yoshlar qamrab olindi.
Tuman “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi R.Raxmonova